Birinchi ustoz

Qalam tutib qo'limga ilk bor,
Yozuv chizuv o'rgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni ko'p bor,
Ta'lim bergan birinchi Ustoz!
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
Óquvchimas sizga go'yo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!
Ko'p ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz o'rgatdiz bizga.
Bolada sho'xliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!
Hanuz sog'inaman yoshlik chog'larim,
Deysiz bular mening o'quvchim.
Ko'chada ko'rganda ôg'il,qizlarim,
Qayta ôqisaydim birinchi Ustoz!
Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
O'tgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg'ubor damlarim kutub tursaydi,
A'lo baholarni olardim Ustoz!
Shamshod Safar o'tdi yoshliging,
Ko'p beg'ubor ko'p sho'xliging.
Armon bo'ldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!
Заметили орфографическую ошибку? Выделите её мышкой и нажмите Ctrl+Enter
Комментариев 0