Bugun birgamiz ey sinfdoshlar

Bugun birgamiz ey sinfdoshlar,
Endi ayrilamiz alvido do'stlar,
Yuragim maktab chog'imni eslab yurar,
Negadir o'sha yurakni hayajon bosar,
Chunki bugun so'ngi qo'ng'iroq edi,
Shunda yuragim bu kunni hohlamadi,
Bu kun hamma sinfdoshlar ayrilar edi,
Kimlardir bu haqda o'ylamas edi,
Shu payt ko'zimga yosh keldi,
Bunga sabab o'sha sinfdosh qiz edi,
O'shanda sevgimni armon qilgandi,
Endi esa men bilan hayirlashmadi,
Hali bu ishidan afsuslanadi,
O'sha damlarni sog'inib qoladi,
Afsus endi o'sha paytlar ortga qaytmaydi,
Yuragim haliyam eslar edi,
Endi sevgiga ishonmas edi,
Meni kimga ham keragim bor endi,
Hatto do'st ham bo'la olmadi,
Meni qay kunlarga tashlab ketdi,
Ortiga ham qaramay ketdi,
Yuragim esa shunga yig'lardi,
U qiz sevgimga nuqta qo'ygandi,
Meni armonim shunday bo'lgandi,
Armon ham sevgi ham endi bo'lmaydi
Заметили орфографическую ошибку? Выделите её мышкой и нажмите Ctrl+Enter
Комментариев 0